"Qizlar va o‘g‘il bolalar uchun qiziqarli mashg‘ulotlar" kitobi bolalar eng yaxshi ko‘radigan barcha narsalarni — labirintlar, boshqotirmalar, "farqlarni toping" o‘yinlari, bo‘yash sahifalari va rasm chizish bo‘yicha topshiriqlarni o‘z ichiga oladi. Bu yerda zerikishga mutlaqo o‘rin yo‘q!
Sehrli yakkashoxni qanday chizish mumkin? Labirintdan chiqish yo‘lini qanday topish, kapalak uchun libos yaratish yoki ulkan, sirli qasrga yashirincha kirish-chi? Ushbu rang-barang topshiriqlar bolajonlarni uzoq vaqt davomida zavq bilan band qiladi — buning uchun ularga bor-yo‘g‘i bir nechta flomaster va rangli qalamlar kerak bo‘ladi, xolos.
Do‘stlaringiznikiga mehmonga borganingizda, uzun navbatda kutib turganingizda yoki sayohatga chiqqaningizda — qayerga borsangiz ham, farzandingiz zerikmasligi uchun ushbu kitobni o‘zingiz bilan olib oling!

