Risolatul mustarshidiyn
Muallif: Imom Horis Muhosibiy
Sharh muallifi: Abdulfattoh Abu G‘udda
Tarjimon: Zufarjon Shosalimov
Sana: 2020 yil
Hajmi: 416 bet
O‘lchami: 60×90 1/16
Muqovasi: qattiq
Horis Musohibiyning "Risolatul mustarshidiyn" - "Hidoyat izlovchilar risolasi" kitobiga Abdulfattoh Abu G‘udda sharh yozganlar. Imom Haris Musohibiy usuli fiqh bilimdoni, kuchli voiz va muhaddis edilar. U zot so‘zlasalar o‘sha narsani ko‘rib turgandek bo‘lasiz. Bu fazilatlar asarda o‘z aksini topgan.
«Risolatul mustarshidiyn» Horis Mohosibiy 7-8-asrlarda yashab o‘tgan olim bo‘lib, Bag‘dodda islom falsafasi maktabiga asos solgan, tariqat ulamolaridan bo‘lgan.
Sizlovlarning e’tiboringizga havola qilinayotgan «Risolatul mustarshidiyn» – «Hidoyat izlovchilar risolasi» kitobiga XX asrning zabardast olimlaridan bo‘lgan Abdulfattoh Abu G‘uddaning sharhi har bir musulmon o‘qishi zarur bo‘lgan adabiyotlar sirasiga kiradi.
Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi: “(Ey, Muhammad!) Siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmaysiz, lekin Alloh o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. U hidoyat topuvchilarni yaxshi biluvchidir”.

