Barchamiz boy va muvaffaqiyatli bo‘lishni istaymiz, ammo, odatda, boylikka qanday yo‘l bilan erishish mumkin ekanini tasavvur ham qilmay, bu haqda faqat nazariy jihatdan fikr yuritamiz. Birimiz dangasalik qilamiz, yana birimiz qonuniy yo‘l bilan boylikka erishib bo‘lmaydi, deb bahona qilamiz, shundaylar ham borki, ular taqdirga tan berib, kambag‘alligicha qolib ketaveradi. Boy bo‘lishning siri shundaki, barcha badavlat kishilar boshqalardan farqli o‘laroq, Richard Templar mazkur kitobda izohlagan qoidalariga amal qiladilar. "O‘zingizni xuddi badavlat odamdek tuting, sizda boshqalar kabi, istagan narsangizni qo‘lga kiritish haq-huquqi va imkoniyati yetarli, badavlat bo‘lish uchun hech qachon kech emas". Ushbu qoidalarni o‘ziga dastur qilib olgan barcha qatʼiyatli, mehnatsevar, g‘ayratli insonlar farovon hayot kechirish uchun o‘z yo‘llarini topishga qodirdirlar.
ISBN : 978-9943-5785-9-3
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 248
Chop etilgan yili : 2022
Nashriyot : Info Capital Group
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Muallif : Richard Templar

