• Bolalar va kattalar uchun terapevtik ovqatlanish
• Halol sertifikati bor.
• Sof og'rligi: 400 g.
• Qo’llanishi: 7 yosh yoki undan kattalar uchun
RESOURCE® Optimum vanil ta’mi bilan. 7 yoshdan katta bolalar va katta yoshdagilar uchun profilaktik ovqatlanishga ixtisoslashtirilgan oziq-ovqat mahsuloti.
SOF OG’IRLIGI: 400 g.
Resource Optimum – sizga jarroxlik yoki kassalikdan keyingi holatda charchoq yoki kuchsizlik hissini yengib o’tishda yordam beradigan muvozanatlashtirilgan to’la qiymatli mahsulot. Resurs Optimum tarkibida probiotiklar, ozuqaviy tolalar, yuqori sifatli oqsil (50 % kazein va 50 % sut zardobi oqsili), organizm uchun kerakli vitaminlar va mineral moddalar, shuningdek yurak kasalliklarini kelib chiqish xavfini kamaytiruvchi yog’lar aralashmasi mavjud. Glyuten saqlamaydi. Resurs Optimum operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda gipotrofiyani korreksiyasi va profilktikasi uchun, anemiya, jismoniy faoliyatni kuchayishi, kasalliklar vaqtida qo’shimcha ovqat sifatida qo’llaniladi va o’zi ovqatlana olmaslik hollarida ko’rsatilgan. Ozuqani yagona manbasi sifatida qo’llanishi mumkin.
Tarkibi: Maltodekstrin, o’simlik yog’lari (yuqori oleinli, eruk kislotasini kam saqlovchi raps, kungaboqar), kaliy kazeinati (sutdan), sut zardobining oqsili konsentrati, saxaroza, oligofruktosaxaridlar, inulin, mineral moddalar (kalsiy karbonati, magniy xloridi, kaliy gidroksidi, kaliy fosfati, temir, rux va natriy sulfati, marganets va mis sulfati, kaliy yodidi, xrom xloridi, natriy selenati, natriy molibdati), vitaminlar (С, Е, pantoten kislotasi, В6, В1, В2, А, foliy kislotasi), soya letsitini, xolin, kislotalilikni me’yorlashtiruvchilar (limon kislotasi, fosfor kislotasi), probiotiklar, xushbo’y (vanilin), L-karnitin, taurin, shirin ta’m beruvchi (kaliy atsesulfami).
Tayyorlash bo’yicha tavsiyalar: qo’shimcha ovqat sifatida: kuniga 250 ml dan 2 porsiya.
Bir porsiya tayyor aralshmani tayyorlash (250 ml):
1. Qo’llaringizni yuving.
2. Xona xaroratidagi 210 ml qaynatilgan suvni o’lchab oling va uni toza likopcha yoki konteynerga quying.
3. Qoshiqcha yordamida 55 g (7 qoshiqcha) kukun qo’shing*.*Probiotiklarning faolligini saqlanib qolishi uchun suvni qo’shishdan avval uni 45 °С dan yuqori emasligiga ishonch hosil qiling.
4. Darxol to’liq erigunga qadar aralashtiring. Dozani faqatgina shifokor maslahatidan keyin almashtiring. Eslatma: qadoq ichidagi qoshiqchadan foydalaning.
5. Qo’shiqchani ishlatgandan so’ng suratda ko’rsatilgandek banka ichida saqlang.
Ozuqaviy qiymati 100 g kukunda: Energetik qiymati 1911 kJ/456 kkal; Yogʻlar - 17,5 g, shu jumladan: toʻyintirilgan yogʻli kislotalar - 1,8 g; monotoʻyintirilmagan yogʻli kislotalar - 11 g; politoʻyintirilmagan yogʻli kislotalar - 3,4 g; transyog’lar <0,17 g; Uglevodlar - 53,2 g, shu jumladan: shakarlar-14 g; laktoza <0,50 g; Ozuqaviy tolalar - 5,6 g; Oqsil – 18,5 g; Mineral moddalar: Natriy - 210 mg; Xloridlar - 320 mg; Kaliy - 685 mg; Kalsiy - 491 mg; Fosfor - 267 mg; Magniy - 113 mg; Temir - 7,3 mg; Rux - 4,7 mg; Mis - 0,59 mg; Yod - 60 mkg; Selen - 33 mkg; Marganets - 840 mkg; Xrom - 19 mkg; Molibden - 35 mkg; Vitaminlar: A - 390 mkg; D - 8,0 mkg; K - 46 mkg; C - 48 mg; B1 - 0,44 mg; B2 - 0,50 mg; B6 - 1,8 mg; Niatsin - 5,3 mg; Foliy kislotasi - 146 mkg; B12 - 2,6 mkg; Pantoten kislotasi - 2,4 mg; Biotin - 11 mkg; E - 75 mg; Taurin - 36,4 mg; L-karnitin - 36,4 mg; Xolesterin – 25 mg; Xolin - 209 mg; L. Paracasei probiotiklari - 1x109 KHQB/g; Osmolyalilik - 249 mОsm/l.
Yaroqlilik muddati (EXP), Ishlab chiqarilgan sana (MAN) va partiya raqami qadoqning tubida ko’rsatilgan (kk.oo.yyyy).
Saqlash sharoiti: bankani, shu jumladan ochilgan bankani quruq joyda havo harorati + 6 °С dan + 30 °С gacha bo’lgan haroratda va havoning nisbiy namligi 75 % dan ortiq bo’lmagan sharoitda saqlansin. Tayyorlangan aralashmani (agar u + 18 °С dan + 25 °С gacha haroratda saqlangan bo’lsa) 6 soat ichida yoki (u sovutgichda saqlangan bo’lsa) 24 soat ichida ishlatilishi lozim. Kukun transportda tashish vaqtida zichlanishi mumkin. Ochilgan bankani 4 hafta ichida ishlating. Qopqoqni mahkam yoping. Himoyalangan muhitda qadoqlangan.

