Assalomu alaykum, qadrli o‘quvchi! Ilm yo‘lidagi harakatlaringiz tahsinga loyiq. Siz yangi bilimlarni egallash maqsadida ushbu kitobni qo‘lingizga olganingiz bizni cheksiz quvontirdi.
Uzoq izlanishlarimiz natijasida har bir mavzuni o‘z ichiga olgan, oddiy darajadan tortib murakkab – Milliy sertifikat darajasigacha bo‘lgan biologik masalalarni jamlagan ushbu kitobni siz aziz o‘quvchilarga taqdim etmoqdamiz.
Shuningdek, kitobda Milliy sertifikatning 41-, 42-, 43-yozma ish savollari darajasidagi 60 ta masala hamda olimpiada darajasidagi 50 ta murakkab nazariy savol siz uchun bonus sifatida kiritildi. Bu kitob siz uchun albatta foydali bo‘lishiga ishonamiz.

