71 yoshli supermodel Mey Mask - nafaqat go‘zal, balki nihoyatda muvaffaqiyatli va baxtli ayol - uzoq umri davomida o‘zlashtirgan dono saboqlari bilan o‘rtoqlashmoqda. Taqdir zarbalari va qiyinchiliklarga qaramay: ajrashish va 31 yoshida ko‘p bolali yolg‘iz ona bo‘lish, qashshoqlik va ehtiyojsizlik, Mey hech qachon tushkunlikka tushmagan. U tirishqoqlik bilan ishladi, moda sanoatidagi qat’iy me’yorlarga qarshi kurashdi, bolalarda mustaqillik va shuhratparastlikni tarbiyaladi - va har doim kelajakka optimistik nazar bilan qaradi, aniq harakat rejasiga ega bo‘ldi hamda qayerga va nima uchun ketayotganini bilardi.
O‘zining birinchi kitobida Mask nafaqat o‘zining sarguzashtlarga boy hayoti haqida hikoya qiladi, balki sog‘liq va go‘zallikni qanday saqlash, zamonaviy va o‘ziga ishongan bo‘lish, yaxshi ona bo‘lish va shu bilan birga karyera qurish, eng muhimi, o‘zini qabul qilish, yangi narsalarni sinab ko‘rishdan qo‘rqmaslik va har qanday yoshda hayotni sevish haqida ko‘plab foydali maslahatlarni mamnuniyat bilan beradi.

