Kitobda Mey Mask o‘zining murakkab, ammo mazmunli hayoti haqida so‘zlab beradi, shaxsiy va kasbiy tajribasi, shuningdek, go‘zallik, sog‘liq, baxt, oila, karyera va farzand tarbiyasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashadi.
Muallif mustaqillik, mehnatsevarlik va yangi imkoniyatlarni qabul qilishga tayyorlik uning hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tishiga va muvaffaqiyatga erishishiga qanday yordam berganini ko‘rsatadi. Kitob uning shaxsiy tajribasidan olingan amaliy xulosalar asosiga qurilgan bo‘lib, o‘quvchini o‘z hayotini rejalashtirish, mustaqillikni saqlab qolish, yangi imkoniyatlarga ochilish va o‘zgarishlardan qo‘rqmaslikka undaydi.

