Ushbu test topshiriqlari to‘plami O‘zbekiston Respublikasi milliy huquq tizimiga oid bir nechta qonunchilik hujjatlari asosida shakllantirildi. Undan o‘rin olgan barcha test topshiriqlari zamonaviy testologiya qonuniyatiga muvofiq tayyorlandi. Bu test topshiriqlarini ishlovchi har bir abituriyentning bilim va ko‘nikmasini yanada mustahkamlashga yordam beradi.
To‘plam o‘rta umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, oliy ta’lim tashkilotida tahsil oluvchi va tahsil beruvchi barchaga, eng asosiysi, oliy o‘quv yurtiga kiruvchilarga, qolaversa, keng jamoatchilikka mo‘ljallangan.

