• Umumiy oqsil miqdoriga nisbatan hayvon oqsillarining yuqori (90% gacha) tarkibi bilan ajralib turadi.
• Oziq-ovqatning asosiy tarkibiy qismlari losos va tovuq go‘shti bo‘lib, ular aminokislotalar, foydali yog‘ kislotalari va minerallarning ajoyib manbalaridir.
• XOS (ksilo-oligosaxaridlar) – yangi avlod prebiotiklari bo‘lib, foydali mikrofloraning o‘sishini rag‘batlantiradi, ovqat hazm qilish tizimining ishini qo‘llab-quvvatlaydi va yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi.
• Yem tarkibiga kiruvchi pivo xamirturushlari muhim aminokislotalar, V guruhi vitaminlari hamda qon tarkibidagi qand miqdorini me'yorda ushlab turishga yordam beruvchi xrom kabi muhim minerallar manbai hisoblanadi.
• A, C, E vitaminlari, mis va selen bilan boyitilgan bo'lib, ular hujayralarni oksidlanish stressidan himoya qiluvchi muhim antioksidantlardir
• Losos yog'i va tovuq yog'i Omega-3 va Omega-6 yog'li kislotalarining manbai bo'lib, ular biotin va sink bilan birgalikda teri va junning sog'lig'iga g'amxo'rlik qiladi
Reflex Plus Hairball – uzun junli mushuklar uchun muvozanatli va to‘liq quruq ozuqa.
Ushbu maxsus formula mushuklarning me'da-ichak tizimida jun to‘planishining oldini olishga yordam beradi. Tarkibida oshqozondagi yutib yuborilgan junni tabiiy ravishda chiqarib tashlashga ko‘maklashuvchi qo‘shimcha tolalar mavjud.
Oziqa teri va jun sog‘lomligi hamda immunitetni mustahkamlash uchun muhim bo‘lgan vitamin va minerallar bilan boyitilgan. Oson hazm bo‘luvchi ingredientlar optimal ovqat hazm qilishni ta’minlab, ichak mikroflorasini sog‘lom saqlaydi.
Granulalar mushuklarning qulay iste'mol qilishi uchun moslashtirilgan bo‘lib, mazali ta'mi hatto injiq mushuklarning ham ishtahasini ochadi.
Reflex Plus Hairball – bu mushukingiz salomatligi va go‘zalligi uchun har kuni g‘amxo‘rlik qilishning mukammal usuli.
1,5 kg qadoq uzoq muddatga yetarli zaxirani ta’minlaydi.

