Redmi G27Q (2K, 320Hz) monitori bilan o'yin olamiga yuqori tezlikda sho'ng'ing!
Redmi G27Q — bu kiberportchilar va eng talabchan geymerlar uchun maxsus ishlab chiqilgan yangi avlod murosasiz o'yin monitoridir. O'ta yuqori yangilanish tezligi, yuqori tiniqlikdagi Quad HD ruxsati va ilg'or Fast IPS matritsasining kombinatsiyasi ushbu motitorni Counter-Strike 2, Dota 2, PUBG va Call of Duty kabi dinamik o'yinlar uchun eng mukammal tanlovga aylantiradi.
Asosiy afzalliklari va texnik xususiyatlari:
- Maksimal silliqlik 320 Gts va 1 ms javob vaqti: Eng tezkor sahnalarda ham tasvirning g'alati g'uborlanishi (razmitie) va kechikishlarini unuting. 320 Gts yangilanish tezligi soniyaning ulushlarida raqibingizdan tezroq harakat qilish va g'alaba qozonish imkonini beradi.
- Kristaldek tiniq 2K (QHD) tasvir: 27 dyuymli ekranda 2560x1440 pikselli ruxsat tasvirning har bir detalini ko'rishga yordam beradi. Grafikalar nihoyatda jonli, matnlar esa juda aniq ko'rinadi.
- Premium Fast IPS matritsasi: Fast IPS texnologiyasi nafaqat ajoyib tezlikni, balki 178 darajali keng ko'rish burchaklarini hamda ranglarning har qanday burchakdan buzilmasdan, to'g'ri ko'rsatilishini kafolatlaydi.
- Kinematografik ranglar va HDR: Monitor keng ranglar gammasini qamrab oladi va HDR texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi. Bu o'yinlar va filmlardagi qorong'u sahnalarni yanada chuqurroq, yorug' joylarni esa kontrastli va batafsil qiladi.
- Ko'rish qobiliyatini himoya qilish: Flicker-Free (miltillashni yo'qotish) va Low Blue Light ( zararli ko'k nur darajasini kamaytirish) texnologiyalari ko'zingizni toliqishdan asraydi, bu esa uzoq vaqt o'yin o'ynash yoki ishlash imkonini beradi.
- Zamonaviy ulanish portlari: Monitor yuqori tezlikdagi DisplayPort va HDMI portlari bilan jihozlangan bo'lib, eng kuchli o'yin kompyuterlari hamda PlayStation 5 yoki Xbox Series X konsollariga muammosiz ulanadi.
- Zamonaviy va ingichka dizayn: Uch tomondan ramkasiz dizayn o'yinga to'liq sho'ng'ish effektini beradi. Qulay stend esa ekranning og'ish burchagini o'zingizga moslab sozlashga imkon beradi.