Redmi G25 2026 (P25FEA-RG) — 25 dyuymli o'yin monitori. Kafolat bilan sotiladi, kafolat muddati 6 oy.
Fast IPS matritsa keng ko'rish burchagi va aniq ranglarni beradi. Full HD (1920x1080) ruxsati, 300 Hz gacha yangilanish chastotasi va 1 ms javob vaqti tezkor o'yinlarda tasvirni juda silliq qiladi.
HDMI va DisplayPort ulanishlari kompyuter, noutbuk va o'yin konsollari bilan ishlash imkonini beradi.
Kiber sport va dinamik o'yinlar uchun mos. Buyurtma berishdan oldin sizning videokartangiz kerakli chastotani qo'llab-quvvatlashini tekshiring.

