• Ixcham 6 kanalli arxitektura
• PRO DSP FX effektlar protsessori
• Mustahkam metall shassi
RCF F 6X — bu Italiya kompaniyasi RCF tomonidan ishlab chiqilgan professional miksher pultidir.
U ham havaskorlar, ham professional musiqachilar uchun kuchli vosita hisoblanadi. Miksher 6 ta to‘liq balanslangan kanalga ega. PRO DSP FX moduli reverb, delay (mono, stereo va multitap), chorus, flanger va echo kabi effektlar uchun professional presetlar bilan jihozlangan. USB audio interfeysi orqali stereo signalni kompyuter DAW tizimiga yozish va 2 kanalli qayta ijro etish imkonini beradi.
Xususiyatlari:
Kanal soni: 6 ta
Korpus: Mustahkam metall shassi
Mono kirishlar: 2 XLR / 2 Jack
Stereo kirishlar: 2 Jack/RCA (liniyaviy)
Asosiy chiqishlar: XLR/Jack (stereo chiqish)
Qo‘shimcha chiqishlar:
Boshqaruv raz’yomlari: Footswitch in (pedal uchun kirish)
Ekvalayzer: Har bir kanalda 3 polosali
Effektlar protsessori: PRO DSP FX (16 ta preset)
Quvvat manbai: Tashqi universal quvvat bloki

