Razer Huntsman V2 PUBG Edition – kuchli raqobat va tezkor reaksiyani talab qiladigan o‘yinlar uchun mo‘ljallangan optik o‘yin klaviaturasidir. Razer’ning 2-avlod chiziqli optik svitchlari maxsus shovqin pasaytiruvchi qatlam bilan yangilangan bo‘lib, bosish jarayonini yanada yumshoq va tinch qiladi. 8000 Hz pooling tezligi tufayli tugma bosilishi deyarli darhol o‘yinga uzatiladi – bu esa onlayn janglarda kechikishni maksimal darajada kamaytiradi.
Korpus ichidagi shovqin yutuvchi ko‘pik klavish pastga tushganda paydo bo‘ladigan metall «ping» tovushlarini kamaytiradi va umumiy ovoz akustikasini yaxshilaydi. Mustahkam Doubleshot PBT keycaps oddiy plastik qopqoqlarga qaraganda ancha chidamli: ularning yuzasi tezda yaltiroq bo‘lib qolmaydi, yozuvlar o‘chmaydi va rangini yo‘qotmaydi.
Ko‘p funksiyali raqamli dial va 4 ta media tugma yordamida ovoz balandligini, yorug‘lik darajasini va boshqa parametrlarni tez sozlash mumkin – o‘yin yoki kontentdan chalg‘imasdan. To‘plamga kiruvchi ergonomik bilak tayanchi bilakni klaviatura bilan bir chiziqqa keltiradi va uzoq o‘yin marafonlarida charchoqni kamaytiradi.
Gibrid tizim – ichki xotira va bulut saqlash orqali 5 tagacha profilni klaviaturaning o‘zida saqlab, qolgan makro va sozlamalarni bulutda boshqarish mumkin. Shunday qilib, siz turli kompyuterlarda ham o‘zingizning sozlangan layout’laringiz bilan o‘ynashingiz mumkin.
Afzalliklari:
To‘plam tarkibi:

