Fransuaza Burden zamonaviy fransuz adabiyotining eng mashhur yozuvchilaridan biri, hissiyotlarga boy romanlar ustasi hisoblanadi. Uning kitoblari Fransiyada 8 milliondan ortiq nusxada sotilgan, Le Figaro nashri esa uni mamlakatning eng mashhur olti nafar yozuvchisi qatoriga kiritgan. Yozuvchining asarlari 15 dan ortiq tilga tarjima qilingan. «Jannatmaskan» romani ham o‘tmish sirlari, oilaviy munosabatlar va yangi baxt sari yo‘l haqida hikoya qiluvchi ta'sirli asardir.

