Premium sinfidagi bog' mebellari to'plami bilan ochiq havoda mukammal dam olish maskanini yarating. Ushbu to'plam klassik to'qish estetikasi va zamonaviy chidamlilik standartlarini o'zida uyg'unlashtiradi.
Asosiy afzalliklari:
- Uzoq umr ko'rish: Sun'iy rotang ultrabinafsha nurlariga, harorat o'zgarishiga va yuqori namlikka chidamli. Mebel quyoshda o'ngmaydi va yomg'irdan qo'rqmaydi.
- Mustahkam konstruksiya: Ishonchli karkas yuqori barqarorlikni ta'minlaydi va katta yuklamalarga bardosh bera oladi. Stul oyoqlari polda tirnalishlar hosil bo'lishining oldini oluvchi maxsus himoya qopqoqlari bilan jihozlangan.
- Amaliylik: To'rtburchak stol usti bardoshli toblangan (zakalyonniy) shishadan yasalgan bo'lib, uni parvarish qilish juda oson. Shunchaki nam salfetka bilan artish kifoya.
- Qulaylik: Anatomik shakldagi, qulay suyanchiq va ergonomik qo'l qo'ygichlariga ega stullar dam olish yoki tushlik vaqtida maksimal darajada qulaylikni kafolatlaydi.
Ushbu to'plam shahar tashqarisidagi uylar, kottejlar, shuningdek, kafe va restoranlarning ochiq maydonchalari uchun ajoyib tanlovdir.
STOL RAZMERI 200/100 OYNASI YOD KALYONNI