Ushbu kitobda insoniyatni asrlar davomida hayratga solib kelayotgan o‘nta eng mashhur sirga javob topishga harakat qilasiz. Bolaligimizda arvohlar, o‘zga sayyoraliklar, zombi yoki Loch-Ness mahluqi haqidagi dahshatli hikoyalarni bir-birimizga aytib berardik. Ajablanarlisi shundaki, bu afsonalarning ko‘pi haqiqiy voqealarga asoslangan bo‘lib, hanuzgacha olimlarning qiziqishini uyg‘otadi. Kitob bilan birga siz NLOlar bilan bog‘liq sirli hodisalarni o‘rganasiz, yo‘qolgan Atlantidani izlaysiz, arvohli uyga sayohat qilasiz, Kraken afsonasi bilan tanishasiz, Dyatlov dovoni sirini va Tutanxamon qabri la'nati haqidagi voqealarni tahlil qilasiz. Har bir mavzuda ilmiy usul va tanqidiy fikrlash yordamida haqiqatni afsonadan ajratishga harakat qilasiz. Mualliflar eng mashhur sirli voqealarni jamlab, ularning barcha asosiy talqinlarini keltirgan va kitobni ajoyib illyustratsiyalar bilan boyitgan. Siz ko‘plab sirli hodisalarning mantiqiy va ilmiy izohga ega ekaniga amin bo‘lasiz... yoki balki hammasi bundan ham sirliroqdir?

