Bolaligida onasining ruhiy xastalikka chalinishi oqibatida tog'asi
qaramog'ida qolgan Ryunoske Akutagavaning hayoti mashaqqatlar
bilan boshlandi. Dastlab, yapon rivoyatlari hamda xitoy klassik adabi-
yotiga qiziqish bildirgan Akutagava keyinchalik G'arb adabiyoti bilan
yaqindan tanishdi. Tokio imperator institutida ingliz adabiyoti yo'nali-
shida tahsil oldi. Adibning hissiyotga limmo-lim qalbi atrofidagi har bir
voqeadan ta'sirlanishi oqibatida muallif o'zi guvoh bo'lgan real hodisa-
larni asarlarida aks ettira boshladi. Yaqin tanishlari prototipi yozuvchi
asarlari qahramonlari sifatida tasvirlandi. Adib qisqa hayoti davomida
o'nlab o'lmas asarlar yaratib, "Yapon hikoyachilik maktabi darg'asi",
deya e'tirof etildi. 1935-yilda ta'sis etilgan Akutagava mukofoti yilning
eng yaxshi yapon yozuvchisiga topshirilishi ham adibning yapon ada-
biyotida o'chmas iz qoldirganidan dalolat beradi.

