"Rasulullohning qirq yulduzi" kitobining ikkinchi qismi Muhammad payg‘ambar صلى الله عليه وسلم sahobalarining hayoti va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan. Asarda ularning imon-e’tiqodi, ixlosi, islom diniga sadoqati, sabr-toqati, yuksak axloqi barcha musulmon avlodlari uchun ibrat namunasi ekanligi batafsil ochib berilgan.
Muallif sahobalar boshidan kechirgan hayot sinovlari, Islom yo‘lidagi fidokorliklari, Rasulullohga bo‘lgan buyuk muhabbatlarini mahorat bilan tasvirlaydi. Har bir hikoya mazmun, hikmat va ibratga to‘la bo‘lib, o‘quvchini o‘z ustida ishlashga, ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashga undaydi.

