• Musannif: Ahmad Lutfiy Qozonchi
• Muqovasi: Qattiq
• O‘lchami: 175 * 250
• Sana: 2023 yil
• Hajmi: 432 bet
• Nashriyot: «Munir» nashriyoti
• Nomi: «Rasulullohga nega ishonmadilar?»



Muqaddima
Alloh taolo yuborgan barcha payg‘ambar insonlarni qorong‘ulikdan yorug‘likka olib chiqish uchun to‘g‘ri yo‘lga – hidoyatga da’vat etganlar, Ollohga eltuvchi nurli yo‘lning yo‘lboshchilari bo‘lganlar.
Bu yo‘lga o‘zlaricha emas, Buyuk mavlo ularni shu ishga vazifalantirgani uchun chiqishgan. Odamlarni komil inson qilib yetishtiradigan, fazilat yo‘lida yuritadigan hukmlarni tablig‘ etishgan.
Payg‘ambarlar bu yo‘lda xizmat etisharkan, o‘zlariga hech qanday manfaat ko‘zlamaganlar, haq kutmaganlar. Ulardan istanilgan vazifalar esa, faqat va faqat odamlarning foydasiga, saodatiga vasila bo‘lmoqdalar. Payg‘ambarlar o‘zlari da’vat qilgan hukmlarga har kimdan oldin o‘zlari amal qilishgan. Toqat ko‘tarmaydigan takliflar bilan odamlarni bezovta etishmagan.
Qo‘llarida Alloh ularni payg‘ambar etib yuborganiga doir aniq hujjatlar, mo‘jizalar bo‘lgan.
Payg‘ambarlar olib kelgan bu eng haqli da’vo doimo ham xush qabul qilinmagan. Bir toifa kimsalar uni to‘xtatishga harakat qilgan. Payg‘ambarlar vazifalarini buyuk samimiyat bilan bajarisharkan, odamlarni Ollohga qul bo‘lishdan uzoq tutishga harakat qilgan bir toifa doim bo‘lgan. Qayerda Muso bo‘lsa, qarshisida Fir’avn ham bo‘lgan va bu fir’avnlar haqning og‘zini yopib, botilni dastaklab kelgan.
Bu toifaning dardi nima edi? Ular nima uchun Ollohga ishonmadilar, nimaga payg‘ambarlarga qarshi chiqdilar?!
Ushbu kitobda shu kabi savollarga javob topishga harakat qilingan.
***
Kitob – Kirish va uch bo‘limdan iborat. Kirish qismida arablarning aqliy, diniy va ijtimoiy holati haqida so‘z yuritiladi. Payg‘ambarlar keltirgan va o‘zlarini moddiy yoxud ma’naviy tamondan qarori bo‘lmagan, aksincha, foydasi bo‘lmagan hukmlarni olib rad etarkan, aqliy holati qanday edi? Foydani zarardan ajrataolmaydigan, abtol, ahmoqmi edilar? Shu sababdanmi o‘zlari yashab turgan ahvolga rozi bo‘lganlar va undan yaxshi, undan fazilatli narsani qabul etmaganlar? Es-hushlari joyida bo‘lsa, yaxshini va to‘g‘rini nega rad etishdi? Ular o‘zi nima istaydi? Boshqacha aytganda, Islom dinini qabul qilgan taqdirlarida nimani yo‘qotib, nimani topar edilar? Yaxshi va yomon ma’noda qanaqa qadriyatlari bor ularning?
Bu mavzular haqida bilgilar berishga harakat qildim.
Birinchi bo‘limda: tug‘ilishi mumkin bo‘lgan e’tirozlar tilga olingan, va bu e’tirozlarga javoblar bayon qilingan. Payg‘ambarlarning va ular keltirgan dinning mushriklarga yoqmagan jihatlari nimalar bo‘lishi mumkin, nima sababdan rad etilishi mumkin? Payg‘ambarlar e’tiborsiz kishilar edilarmi? O‘zlari chaqirgan dinga iborat? Yoki yangi din payg‘abari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam obro‘-e’tiborsiz inson edilarmi, Islomga o‘zlari rioya qilmasmidilar? Yoxud boylik, saltanatga, o‘chmidilar? Toqatlar ko‘tarmaydigan amallargami buyurar edilar?
Ikkinchi bo‘limda: mushriklar bildirgan muqaddas kitob – Qur’oni karim bilan bog‘liq etirozlari joy olgan. Masalan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning ham bir odam ekanliklariga, Qur’on Allohning so‘zi ekaniga bildirilgan e’tirozar kabi.
Uchinchi bo‘limda: mushriklarni ishonmaslikka undagan asosiy sabablar kibr va g‘urur, hasad va shu kabi boshqa sabablar haqida so‘z yuritilgan.
O‘qiganlarga foydali va manfaatli bo‘lishini ulug‘ Mavlodan tilab qolaman.
Ahmad Lutfiy Qozonchi
1983. 31. 07.

