“Rasulullohdan maktublar” — hayot yo‘llarida chalkashib, qalbiga taskin va muammolariga haqiqiy yechim izlayotgan har bir qalb uchun bebaho yo‘lchi.
Ushbu kitobda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hikmat ummonidan durlar jamlangan. Asarni mutolaa qilar ekansiz, Alloh bilan bo‘lgan rishtalaringizni mustahkamlash, oila va jamiyatda go‘zal xulq egasi bo‘lish hamda insonlar bilan muomala qilish odoblarini mukammal o‘rganasiz.
Eng muhimi, unda Sarvari koinotning hayot sinovlariga qanday yuz tutganlari, qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tganlari va ruhiy tushkunlikka qarshi bergan oltinga teng tavsiyalari bayon etilgan.
Qalbingiz orom topishini va hayotingiz nurga to‘lishini istasangiz, ushbu kitob siz uchun eng yaqin sirdoshga aylanadi.


