“Rasulullohdan maktublar” — hayotiy muammolarga Qur’on va Sunnat asosida yechim izlagan har bir inson uchun qimmatli qo‘llanma.
Ushbu kitobda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hikmatlarga boy tavsiyalari jamlangan bo‘lib, unda insonning Alloh bilan bo‘lgan aloqasini mustahkamlash, oila va jamiyatdagi munosabatlarni yaxshilash hamda turli toifadagi insonlar bilan muomala qilish odoblari yoritilgan.
Asarda, shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlarida uchragan murakkab vaziyatlarga qanday yondashganlari, sinov va qiyinchiliklarni qanday yengganlari hamda ruhiy tushkunlikka tushmaslik uchun bergan tavsiyalari bayon etilgan.
Qalbingizga taskin, hayotingizga esa yo‘l-yo‘riq izlayotgan bo‘lsangiz, “Rasulullohdan maktublar” siz uchun foydali va ilhomlantiruvchi mutolaa bo‘la oladi.

