Alloh taolo insoniyatga xotamul anbiyo qilib yuborgan Muhammad sollallohu alayhi vasallamning barcha odamlar kabi jufti halollari, farzandlari bo‘lib, bu ham komillik belgisi edi.
Ushbu kitobdan Allohning Rasuli, odamlarning eng yaxshisi Payg‘ambarimiz alayhissalomning farzandlari haqida ma’lumotlar olasiz. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning farzandlari bilan munosabatlari ham Haq rizoligini istaganlar uchun eng ulug‘ ibrat maktabidir.

