Muallif hajman kichik, biroq manfaati jihatidan ulkan bo‘lgan ushbu risolasida Muhammad Sollallohu Alayhi Vasallamning go‘zal axloqlari, turli vaziyatlarda qabul qilgan oqilona qarorlari va hikmatona tutumlari hamda u zotni do‘stu dushmanga sevikli qilgan oliyjanob xislatlari haqida so‘z ochadi. Ishonchli manbalarga tayanuvchi go‘zal misollar, naql va rivoyatlar hamda muallifning ulardan chiqargan hikmatga to‘la nodir xulosalari haqida o‘qir yekansiz, umringizning bir muddatini olamlar sarvari Muhammad Sollallohu Alayhi Vasallam bilan birga o‘tkazgandek bo‘lasiz.



