Mazkur kitob o‘quvchiga Rasululloh sollalloxu alayxi
vasallam suratu siyratlari haqida eng ishonchli ma’-
lumotlarni taqdim etadi. Kitobdan Nabiy sollalloxu
alayhi vasallamning odatlari, ibodatlari, yeb-ichish,
kiyinishdagi sunnatlari, saxobalar roziyallohu anhum
bilan muomalalari hamda u zotning yuksak axlok va oliy-
janob xislatlari o‘z aksini topgan hadislar o‘rin olgan.
Kitobning kadrini oshiradigan bosh xususiyat shundan
iboratki, undagi ma’lumotlarning bari Imom Muxam-
mad ibn Ismoil Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" kitobi-
dagi hadislar asosida yoritilgan.

