Reshat Nuri Guntekin dunyoga mashhur turk yozuvchilaridan biridir. Uning ko‘plab hikoyalari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Ushbu maqolada Reshat Nuri Guntekinning hayoti va faoliyati haqida so'z boradi. Uning turk adabiyoti tarixidagi o‘rni baholanadi, ayrim romanlari mazmun mohiyati tahlil qilinadi. Yozuvchi o‘z asarlarida o‘zi yashab o‘tgan davrning dolzarb ijtimoiy muammolarini ko‘taradi.“Sirli qo‘l”, “Kichik qirol”, “Tovar”, “To‘kayotgan barglar”, “Afsus”, “Yashil tun” va boshqa romanlari tahlili yozuvchining badiiy mahoratini ochib beradi, qahramonning ruhiy holatini tasvirlay olish qobiliyatini namoyon etadi. Maqolada, shuningdek, bir qator ijodkorlarning (masalan, ozarbayjon adibi Ismoil Shixlining) Reshat Nuri Guntekin haqidagi gaplari o‘rin olgan, ularning ijodiga uning asarlari sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

