Aziz o‘quvchi, kitobda mashhur turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekinning kitobxonlar orasida sevib o‘qiladigan “Choliqushi" va “Tamg‘a” singari asarlari o‘rin olgan.
"Cholikushi" romanida mehr-muhabbat, ishq mavzusiga ko‘prok urg‘u beriladi. Roman qahramoni Farida - juda chiroyli, xushro‘y qiz, ammo bu ko‘rkamlik hayoti davomida unga ko‘plab qiyinchiliklar tug‘dirishi asarni o‘qish davomida tushunib olasiz.
“Tamg‘a” asari esa ijtimoiy hayotdagi achchiq kamchiliklarni beradi. Asar bir xatolikka, gunohga yo‘l qo‘yish inson hayotini tub dan o‘zgartirib yuborishini, asl yashash maʼnosini yoritib berishida alohida ahamiyatga molik.
Ikkala asarda ham hayotning chigal onlariga tushib qolgan qahramonlarning boshidan kechirganlari, og‘ir to‘siqlardan o‘tib, yangiga hayot ibtidosiga qadam qo‘yishlari bilan bog‘lik voqealarga oshno tutiinasiz. Yozuvchining ushbu asarlari Siz azizlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.

