Umumturkiy va jahon adabiyotining barkamol asarlaridan biri bo‘lgan “Choliqushi” romani yaratilganiga ham salkam 100 yil bo‘lyapti. Zabardast turk adibi Rashod Nuri Guntekin qalamidan yo‘g‘rilgan ushbu fasohatli asarning taniqli yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy tomonidan yaratilgan o‘zbekcha tarjimasi ham bir yigit umrini sharaf bilan yashadi. Endilikda mumtoz tarjima obidasining mazkur nashrida avvalgilarini aynan takrorlagan holda birgina “Qushotasi” manzili o‘rniga Marmar dengizida mavjud Qushadasi oroli (Qushlar oroli) ning asliyatdagi turkcha nomini tiklash barobarida arzimas uslubiy tuzatishlar kiritishga jazm etdik. Ushbu nashr munis onaxonlarimiz, dilbar va dilobar opa-singillarimiz, umuman o‘zbek kitobxlonlariga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.

