Rare Beauty Essential Neutrals Eyeshadow Palette — kundalik va “soft-to-smoky” bo‘yanishlar uchun qulay neutral paletka. Tenlar silliq, yaxshi pigmentli, oson aralashadi (blend) va crease-resistant — ya’ni qovoq burmasiga yig‘ilib qolmay, kun bo‘yi chiroyli turadi. Paletkada silky matte va yaltiraydigan metallic finishlar aralashmasi bor. Oynali ixcham kompakt format esa yo‘lda ham qulay.
Afzalliklari
Neutral gamma: yumshoqdan smokey’gacha
Matte + metallic finish aralashmasi
Yuqori pigment, lekin oson blend
Uzoq turadi, crease-resistant
Oynali ixcham kompakt — olib yurishga qulay
Tarkibda nimalar yo‘q
Talc yo‘q
Paraben yo‘q
Sulfatlar yo‘q
Formaldehydes yo‘q
Phthalates yo‘q
Mineral oil yo‘q
Kimlar uchun
Bitta “ishonchli” nude paletka izlaydiganlar, kundalik, ofis va yengil/kuchli smokey look qilishni xohlovchilar uchun.
Qo‘llash usuli
Oddiy kundalik: 1–2 rangni qovoqqa barmoq yoki cho‘tka bilan surting.
Sculpted: o‘rtacha jigarrangni burmaga → ochroq matte yoki shimmer’ni qovoqqa → to‘q rangni kiprik chizig‘iga.
Smoky: o‘rtacha rang burmaga → to‘q rang bilan chuqurlik → qovoqqa och matte yoki shimmer.
Ochiq ranglar: baza, qosh osti va ichki burchakni yoritish.

