Ishonchli va ixcham UNI-T UT33C+ raqamli multimetr kuchlanish, tok, qarshilik va haroratni o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Uy sharoitida, ustaxonada, avtomobil ta’mirlashda va o‘quv maqsadlarida foydalanish uchun juda qulay.
Asosiy funksiyalari:
- O‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuchlanishni o‘lchash (DC/AC)
- O‘zgarmas tokni o‘lchash (DC)
- Qarshilikni o‘lchash
- Haroratni o‘lchash (°C/°F)
- Diodlarni tekshirish
- Zanjirni signal bilan tekshirish (proverka)
- HOLD funksiyasi (ko‘rsatkichni ushlab turish)
Afzalliklari:
- Katta va aniq LCD displey
- Qulay aylantiriladigan rejim tanlash tugmasi
- Ortiqcha yuklanishdan himoya
- Himoya qoplamali ixcham korpus
- Foydalanish oson
To‘plam tarkibi:
- UNI-T UT33C+ multimetr
- O‘lchov shchup (simlari)
- Termopara
- Yo‘riqnoma
Elektriklar, radiousta va ta’mirlash ustalari uchun a’lo tanlov.