• Nashr yili: 2023
• Muqova: yumshoq
• Turkum: "Xitoy uslubidagi modernizatsiya tadqiqotlari"
• Muallif: Li Sanxi
• Tili: o‘zbek
• Betlar soni: 244
• Format: 235×168 mm; rangli
• ISBN: 9789910991110
“Raqamli iqtisodiyot modernizatsiyaning yangi bosqichida” – Xitoy xalq universiteti professori Li Sanxining zamonaviy iqtisodiy taraqqiyot, raqamli texnologiyalar va innovatsion siyosatga bag‘ishlangan chuqur tahliliy asaridir. Ushbu kitobda “Xitoy uslubidagi modernizatsiya” doirasida raqamli iqtisodiyotning ahamiyati, rivojlanish yo‘nalishlari va strategik imkoniyatlari keng yoritilgan.
Asarda raqamli iqtisodiyot atamasining keng qamrovli talqinlari, “Raqamli jamiyat”, “raqamli hukumat” va “raqamli ekotizim” tushunchalari orqali Xitoyda amalga oshirilayotgan kompleks raqamli islohotlar tahlil qilinadi. Muallif, G20 sammiti, “14-besh yillik reja” va “2035 yilgacha rivojlanish strategiyasi” asosida Xitoyda raqamlashtirishning yo‘nalishlari, yutuqlari hamda yuzaga kelayotgan muammolarni muhim tahliliy fikrlar bilan sharhlaydi.
Kitobda sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar, 5G, IoT (buyumlar interneti), bulutli hisoblash, blokcheyn, raqamli egizaklar kabi ilg‘or texnologiyalar va ularning Xitoy iqtisodiyotiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, raqamli iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish, yashil iqtisodiyot, mintaqaviy muvozanat, xalqaro savdo, “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusi bilan bog‘liqligi keng ochib berilgan.
Ushbu asar iqtisodchilar, siyosatshunoslar, AKT mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar va yangi davrda iqtisodiy islohotlar bilan shug‘ullanayotgan barcha mutaxassislar uchun muhim nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, u O‘zbekistonning raqamli transformatsiya yo‘lida Xitoy tajribasini o‘rganishda ham amaliy foyda keltiradi.

