“Raqamlar” — bu 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni o‘rgatishga mo‘ljallangan lipuchkali rivojlantiruvchi o‘yin bo‘lib, Montessori metodikasiga asoslangan. Ushbu o‘yin bolalarning raqamlar haqidagi ilk tushunchalarini shakllantirish, sanash ko‘nikmalarini rivojlantirish va motorikani yaxshilash uchun ayni muddao.
Har bir raqam alohida shaklda kesilgan va asosga lipuchka (yopishqoq) mexanizmi yordamida biriktiriladi. Farzandingiz har bir sonni mos joyiga joylashtirish orqali raqamlarni eslab qoladi, sonlarning ketma-ketligini tushunadi hamda o‘yin orqali o‘rganishdan zavq oladi.

