Coursera platformasida tarixdagi eng mashhur "Learning How to Learn" onlayn kursi yaratuvchisi, professor Barbara Oakleydan samarali o‘rganish va o‘z miyangiz salohiyatini ochish bo‘yicha haqiqiy tavrot. O‘zi yoshligida ashaddiy gumanitar bo‘lgan va matematikani tushunmagan muallif katta yoshida o‘z tafakkurini qayta qurishga muvaffaq bo‘ldi va texnika fanlari doktori bo‘ldi. Ushbu kitobda u miyamizning tuzilishi va har qanday murakkab bilimlarni - oliy matematika va nazariy fizikadan tortib xorijiy tillar va dasturlashgacha - qanday qilib samarali o‘zlashtirish mumkinligi haqidagi noyob, ilmiy asoslangan sirlar bilan o‘rtoqlashadi

