“Ranglar” — bu maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan, Montessori metodikasi asosida yaratilgan o‘rgatuvchi va rivojlantiruvchi o‘yin. Ushbu o‘yin yordamida bolalar asosiy ranglarni oson va qiziqarli tarzda o‘rganadilar, shu bilan birga ko‘rish orqali idrok qilish, mayda motorika va mantiqiy fikrlash kabi ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
O‘yinning har bir elementi ma’lum bir rangda tayyorlangan bo‘lib, lipuchka (yopishqoq element) yordamida asosga biriktiriladi. Bu esa bolaga ranglarni taqqoslash, guruhlash va mustaqil tarzda o‘rganish imkonini beradi.

