«Ranglar bilan o‘ynaymiz» — 3–5 yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan rivojlantiruvchi o‘yin. O‘yin orqali bola asosiy ranglar bilan tanishadi, rasmlarni kuzatadi va predmetlarni mos ranglar bilan bog‘lashni o‘rganadi. Ta’limning o‘yin shaklida tashkil etilishi mashg‘ulotni qiziqarli qiladi.
To‘plamda jami 70 ta karta mavjud: 10 ta asosiy ranglar kartasi va 60 ta predmetlar tasvirlangan karta. Bola predmetlarni mos ranglar bilan taqqoslaydi, ranglarni farqlashga va tasvirlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni topishga harakat qiladi.
O‘yin bolaning diqqatini, tafakkurini, kuzatuvchanligini va mantiqiy bog‘lanishlarni aniqlash qobiliyatinirivojlantirishga yordam beradi. Kartalar bilan ishlash davomida bola tafsilotlarga e’tibor berishni va mustaqil ravishda javob topishni o‘rganadi.
To‘plamni uyda, bog‘chada yoki ota-onalar bilan birgalikda o‘ynash mumkin. Oddiy va tushunarli topshiriqlar orqali bola ranglarni o‘rganadi, yangi predmetlar bilan tanishadi va foydali ko‘nikmalarni o‘yin davomida rivojlantiradi.

