“Ramazon barakasi” kundaligi
“Ramazon barakasi” kundaligi sizga Ramazon oyini barakali, savobli va mazmunli amallar bilan o‘tkazishga yordam beradi. Ushbu kundalik Ramazon oyini ongli ravishda reja asosida o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.
Eng muhimi, bu kundalik orqali Ramazon oyida ehson qilish imkoniga ega bo‘lasiz. Maxsus tuzilgan reja asosida har bir namozni o‘z vaqtida o‘qishga odatlanasiz. Shuningdek, Ramazon davomida to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanishni o‘rganasiz.
“Ramazon barakasi” kundaligi yordamida qarz (qazo) namozlaringizni ado etishingiz, ibodatlaringizni tartibga solishingiz va ma’naviy jihatdan o‘sishingiz mumkin.
Har bir kundalik ichida ehson uchun mo‘ljallangan maxsus konvertlar mavjud bo‘lib, ularga ehson qilinadigan mablag‘ni yig‘ib borishingiz mumkin. Bu esa Ramazon oyida saxovat va mehr-oqibat amallarini muntazam bajarishingizga yordam beradi.
Shuningdek, kundalikda Hayit bayramida bajarilishi lozim bo‘lgan amallar ham keltirilgan. Bu bo‘lim orqali Hayit kunini shariatga muvofiq, mazmunli va savobli tarzda o‘tkazishingiz mumkin.
Kundalik davomida qilinadigan vazifalar:
1. Ushbu kundalik yordamida siz:
2. Qur’ondan yodlangan suralarni belgilaysiz;
3. Mahramlaringiz kimligini bilib olasiz;
4. Ramazon taqvimini kuzatasiz;
5. Ehson qilish uchun yo‘riqnomalarni olasiz;
6. Laylatul qadr kechasida qilinadigan amallar bajarasiz;
7. Ramazonga qo‘yilgan maqsadlaringizni yozib borasiz va kelasi Ramazon uchun yangi maqsadlar qo’yasiz;
8.To‘g‘ri ovqatlanish tartibini bilib olasiz;
9. Ayol qizlarimiz uzurli kunlarda qilsa bo’ladigan amallar;
10. Har bir kuningiz barakali va tartibli bo‘ladi, namozlarni o’z vaqtida o’qysiz;
11. Qarz rozalaringizni tutish uchun qo‘shimcha kunlar mavjud;
12. Xayit bayramida qilinadiga amallar.
Shu kundalik bilan siz Ramazon oyini qiynalmasdan, zerikmasdan va go‘zal amallar bilan o‘tkazasiz.
Ehson va ibodatlaringiz baraka topadi, qalbingiz poklanadi.

