"""Islom- ko‘rsatma, hidoyat, rahmat"" mavzusidagi axborotnoma ""Islom dini nima, u qanday din ?"" kabi savollarga javob izlovchi, muqaddas Islom dinimiz asoslarini o‘rganishga qiziquvchi keng jamoatchilik foydalanishi uchun rasmiy nashr etilgan adabiyotlar asosida tayyorlangan diniy, ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi kitobdir.
Majmuada sof Islom dinimizning mohiyati, ruknlari, hanafiylik mazhabi, solih amallar, diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik haqida sha’riy asosli, dastlabki, tayanch ma’lumotlar ixcham tarzda berilgan."

