Aziz o‘quvchi! Yaxshi kitob o‘qish — bu qalb bayrami. Sizning qo‘lingizdagi kitob ham shunday — bayram muborak bo‘lsin! Ushbu kitob insoniyat shoiri sifatida tanilgan Hazrati Maulana va uning dunyoga “Tinchlik kitobi” sifatida mashhur bo‘lgan buyuk asari — “Masnaviy Manaviy” tarixi haqida hikoya qiladi. 2007-yil YuNYeSKO qarori bilan Jaloliddin Rumiy yili deb e’lon qilingan va Maulanoning sakkiz yuz yillik tavalludi butun dunyoda nishonlangan. Bu sana BMTning maxsus sessiyasiga ham bag‘ishlangan. Insoniyat hali hech qachon biror olimga bunday yuksak ehtirom ko‘rsatmagan edi.
Ushbu roman boshidan oxirigacha kuylovchi qo‘shiqdek jaranglaydi, sizni bu buyuk zotning nurli olami bilan tanishtiradi va butun umrga uni sevib qolishingizga sabab bo‘ladi.

