Radermakhera – uy va ofis uchun mo‘ljallangan tabiiy dekorativ o‘simlik. Qalin va yaltiroq barglari bilan xonaga chiroyli ko‘rinish beradi. Interyerga mos tushadi, yashil muhit yaratadi va ish joylari uchun ham qulay.
Parvarishlash yo‘riqnomasi:
Yorug‘, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh tushmaydigan joyni tanlang
Tuproq biroz nam bo‘lib turishi kerak, haftasiga 1–2 marta sug‘oring
Sovuq va shamoldan saqlang
Barglarini vaqti-vaqti bilan namlab turish foydali
O‘simlik shaklini saqlash uchun kesib turish mumkin
Yantar (янтар kislotasi) ishlatish:
1 litr suvga 1 dona (yoki 1 g) eritiladi
Oyiga 1–2 marta sug‘orish yoki sepish mumkin
Ildizni mustahkamlaydi va o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi
O‘simlik tezroq tiklanishiga yordam beradi
To‘g‘ri parvarish qilinganda uzoq vaqt yashil va chiroyli holatda saqlanadi, xonaga tabiiy ko‘rinish beradi.

