INSPECTOR CosmoS O‘zbekiston bozorida mashhur bo‘lgan flagman Inspector Star Air modelining evolyutsiyasidagi navbatdagi qadamdir. Ushbu so‘nggi avlod kombo-qurilmasi yuqori sifatli videoregistrator, sezgir va kuchli radarlar detektori hamda aqlli haydovchi yordamchisi (ADAS) funksionalligini o‘zida mujassam etgan.
Inspector CosmoS O‘zbekistonning amaldagi yo‘l kameralari turlariga to‘liq moslashtirilgan bo‘lib, rulda o‘zingizni erkin his etishingizni va jarimalardan ishonchli himoyalanishni ta’minlaydi.
Asosiy afzalligi: O'zbekiston uchun moslashtirilganligi. Qurilma O'zbekiston yo'llari uchun maxsus optimallashtirilgan. U eng yangi kameralar va radar majmualarini, jumladan: HIKVISION, LOCHINKOZ, MEGACAM, HOLOWITS kabilarni, shuningdek uchoyoqli (trenoga) mobil radarlarni ishonchli aniqlaydi va oldindan ogohlantiradi.

Maksimal masofa va soxta signallardan himoya.
Ikki karra LNA-kuchaytirgich (DUAL LNA SYSTEM): K-diapazonidagi signallarni qabul qilish masofasini sezilarli darajada oshiradi. Qurilma kam quvvatli va "orqadan" o'rnatilgan radar va kameralarni ularga yetib borishdan ancha oldin "ko'radi".

Ruporli antenna (HHM): Detektorlashning maksimal masofasiga erishish uchun kuchaytirgich bilan birgalikda ishlaydigan yangi avlod antennasi.
Multi-signatur texnologiya (MSRT): Qurilma kelayotgan signallarni yangilanib turuvchi signaturalar bazasi bilan taqqoslaydi. Bu boshqa avtomobillarning ko'r hudud (slepaya zona) datchiklari, avtomatik eshiklar va kruiz-nazorat tizimlaridan keladigan soxta signallarni minimallashtiradi.

Kengaytirilgan LASERTAG: Lazerli tezlik o'lchagichlarning takomillashtirilgan qabul qiluvchisi bo'lib, aniqlash masofasi uzaytirilgan.
Boshqaruv qulayligi va yorqin displey:
To'liq rangli 2,4″ Polar IPS-displey: Ekran to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari ostida ham yorqin va o'qilishi oson bo'lib qoladi. Haydovchining polyarizatsiyali ko'zoynaklari bilan to'liq mos keladi. Ekranda radar turi, tezlik cheklovi va kameragacha bo'lgan aniq masofa ko'rsatiladi.

LED-indikatsiya: Ovozli ogohlantirishlarni vizual yoritish orqali takrorlash — salonda musiqa baland chalib turganda ham muhim ogohlantirishni o'tkazib yubormaysiz.

4 ta sozlanuvchi ishlash rejimi: Shu jumladan, sizning tezligingiz va haydash uslubingizga avtomatik moslashuvchi yangi intellektual "Drayv" rejimi.
Har qanday sharoitda ishonchlilik:
Superkondensator (Ionistor): Akkumulyator shishishining oldini olib, qattiq issiq va sovuq sharoitlarda qurilmaning barqaror ishlashini kafolatlaydi. Quvvat keskin o'chganda ham videofayl to'g'ri saqlanib qoladi.

360° aylanuvchi va quvvat uzatuvchi qotirgich: Kabel to'g'ridan-to'g'ri magnitli kronshteynga (ikki tomonlama 3M skotch) ulanadi. Siz simlarni uzmasdan turib, qurilmani bir harakat bilan yechib olishingiz va o'rnatishingiz mumkin.

Xotira kartasini himoyalash (CardGuard): Noyob EFS fayl tizimi xotira kartasi holatini doimiy ravishda monitoring qiladi va uning resursi tugab borayotgan bo'lsa, oldindan ogohlantiradi. Bu esa YTH paytida muhim yozuvlarni yo'qotishdan saqlaydi.

O'ta aniq GPS/GLONASS-modul: Hatto murakkab shahar binolari sharoitida ham sun'iy yo'ldoshlarni tezkor qidirish va signalni barqaror ushlab turish.

Zamonaviy texnologiyalar va funksionallikni kengaytirish:
Ikki diapazonli Wi-Fi (2,4/5 GGts): Mashinadan chiqmagan holda, INSPECTOR maxsus mobil ilovasi orqali kameralar bazasini yangilang, videolarni telefonga yuklab oling va sozlamalarni o'zgartiring.
ADAS tizimi: Noyob aqlli yordamchi oldingi avtomobil harakatni boshlagani haqida ogohlantiradi, svetofor signalini nazorat qiladi va yo'lga o'rnatilgan belgilarni o'qib, tezlikni cheklovchi belgilar haqida eslatadi.

Intellektual ogohlantirishlar: GPS bazasi xavfsizlik kamari taqilmaganligi, telefonda gaplashish va boshqa chiziq bosish qoidabuzarliklarini qayd etuvchi kameralar haqida ogohlantiradi.
2K formatida mukammal detallashtirish: Videoregistrator 2K o'ta tiniq formatda tasvirga olib, yo'ldagi vaziyatning eng kichik detallarini ham qayd etadi. Matritsaning yuqori sifati videoda qarama-qarshi va bir yo'nalishda harakatlanayotgan avtomobillarning davlat raqamlari, yo'l chiziqlari, svetofor signallari va yo'l belgilari aniq o'qilishini kafolatlaydi. Qurilma yo'ldagi har qanday bahsli vaziyatda inkor etib bo'lmaydigan dalillarni saqlab qoladi.

Ikkinchi kamerani ulash imkoniyati: Qo'shimcha ulagich gadjetni salon yoki orqa tomondagi vaziyatni nazorat qilish uchun ikki kanalli yozish tizimiga (Full HD + Full HD) aylantirish imkonini beradi (ikkinchi kamera alohida sotib olinadi).

INSPECTOR CosmoS har bir sayohatingizda qulaylik va xavfsizligingiz uchun sarmoya bo'lib, oldi olingan jarimalar hisobiga foydalanishning dastlabki oylaridayoq o'z xarajatini oqlaydi.
INSPECTOR CosmoS har bir sayohatingizda qulaylik va xavfsizligingiz uchun sarmoya bo'lib, oldi olingan jarimalar hisobiga foydalanishning dastlabki oylaridayoq o'z xarajatini oqlaydi.

