Round Lab Birch Juice Moisturizing Sun Cream SPF50+ PA++++ — Namlantiruvchi quyoshdan himoya kremi
Round Lab Birch Juice Moisturizing Sun Cream — bu nafaqat terini zararli ultrabinafsha nurlaridan yuqori darajada himoya qiluvchi, balki uni kun bo'yi chuqur namlantirib turuvchi ko'p funksiyali quyoshdan himoya kremidir. Koreyada juda mashhur bo'lgan ushbu krem o'zining engil teksturasi va boy tarkibi tufayli ko'plab go'zallik mukofotlariga sazovor bo'lgan.
Asosiy xususiyatlari va afzalliklari:
- Maksimal himoya (SPF50+ PA++++): Yangi avlod zamonaviy kimyoviy filtrlari tufayli terini quyosh kuyishi, pigmentatsiya va erta qarishdan (fotoqarish) ishonchli himoya qiladi. Shahar sharoitida kremni har 2 soatda yangilab turish shart emas.
- Chuqur namlantirish: Tarkibidagi qayin sharbati (birch juice) va gialuron kislotasi terining gidro-balansini tiklaydi, quruqlik va qobiq tashlashni (shelusheniye) yo'qotadi.
- Yengil tekstura: Krem xuddi engil namlantiruvchi losyon yoki emulsiya kabi tuzilishga ega. Teriga tez singadi, mutlaqo oq izlar qoldirmaydi, yopishqoqlik yoki yog'li yaltirash hissini uyg'otmaydi.
- Tinchlantiruvchi ta'sir: Allantoin va portulak ekstrakti quyosh ostida qizigan terini tezda tinchlantiradi, qizarish va yallig'lanishlarni oladi.
- Makiyaj asosi: Terini silliq va mayin qilishi hisobiga tonal kremlar uning ustidan juda tekis va chiroyli o'tiradi.
Kimlarga mos keladi?
Barcha turdagi terilar, ayniqsa quruq, suvsizlangan (degidratsiyalangan), normal va sezuvchan teri egalari uchun ideal tanlov.
Faol ingredientlar:
- Inje qayin sharbati: Vitaminlar va minerallarga boy bo'lib, terini oziqlantiradi va uning himoya to'sig'ini mustahkamlaydi.
- Gialuron kislotasi: Namlikni teri qatlamlarida uzoq vaqt ushlab turadi.
- Natsinamid (B3 vitamini): Teri rangini ochadi, uning umumiy tonini tekislaydi va mayda dog'lar bilan kurashadi.
Qo'llash usuli:
Ertalabki parvarishning oxirgi bosqichida (tonik va serumdan so'ng) yoki ko'chaga chiqishdan 15–20 daqiqa oldin etarli miqdordagi kremni yuz, bo'yin va quloq sohalariga bir tekisda surting.