Round Lab Birch Juice Moisturizing Sun Cream SPF 50+ PA++++ — Janubiy Koreyaning eng mashhur va ko‘p mukofotlarga sazovor bo‘lgan namlantiruvchi quyoshdan himoyalovchi kremi. U terini UVA va UVB nurlarining zararli ta’siridan maksimal darajada himoya qiladi hamda kun davomida optimal namlik balansini saqlaydi.
Asosiy xususiyatlari:
Yuqori darajadagi quyosh himoyasi: SPF 50+ va PA++++ filtrlari terini fotoqarish, qizarish va pigment dog‘lari paydo bo‘lishidan asraydi.
Chuqur namlantirish: Inje tog‘larining tabiiy qayin sharbati (Birch Juice) va gialuron kislotasi terini ichki qatlamlarigacha namlik bilan to‘yintiradi.
Yengil tekstura: Yengil loson yoki namlantiruvchi kremdek tez va oson so‘riladi. Yuzda oq dog‘lar, yog‘li yaltirash yoki yopishqoqlik qoldirmaydi.
Makiyaj uchun a’lo asos: Tonal vositalar tagidan bir tekis yotadi, surtish paytida yumaloqlanib tushmaydi (skativalanmaydi).
Tinchlantiruvchi ta’sir: D-pantenol va tabiiy ekstraktlar quyosh nurlari va tashqi omillardan ta’sirlangan terini tinchlantiradi, qizarishni bartaraf etadi.
Kimlar uchun mos?
Quruq, yog‘li, aralash va ayniqsa sezgir teri turlariga to‘liq mos keladi. Komedon hosil qilmaydi, teshikchalarni (poralarni) berkitib qo‘ymaydi.
Qo‘llash usuli:
Ertalabki parvarishning oxirgi bosqichida, ko‘chaga chiqishdan 20–30 daqiqa oldin yuz, bo‘yin va quloq sohalariga yetarli miqdorda surting. Quyosh ostida uzoq vaqt bo‘lganda har 2-3 soatda yangilab turish tavsiya etiladi.
Hajmi: 50 ml
Ishlab chiqarilgan mamlakat: Janubiy Koreya

