• Maksimal himoya: Yuqori darajadagi SPF 50+ PA++++ teringizni ultrabinafsha (UVA va UVB) nurlaridan ishonchli himoya qiladi, erta qarish va dog‘lar tushishining oldini oladi.
• Noyob tarkib: Tarkibidagi 30% guruch ekstrakti va fermentlangan probiotiklar majmuasi teringizni chuqur namlaydi, oziqlantiradi va uning himoya to‘sig‘ini tiklaydi.
• Ideal tekstura: Krem nihoyatda yengil, xuddi mayin losyon kabi. U tez so‘riladi, yopishqoqlik sezgisini, yog‘li yaltiroqlikni yoki oq izlarni qoldirmaydi.
• Sog‘lom jilo: Yuzga mayin va tabiiy jilo berib, uni vizual jihatdan yanada sog‘lom va dam olgan holda ko‘rsatadi.
• Barcha uchun mos: Gipoallergen formulasi tufayli hatto eng sezgir teriga ham juda mos keladi.
Beauty of Joseon Relief Sun: Rice + Probiotics — teringiz uchun mukammal quyosh himoyasi va parvarish!Bu shunchaki quyoshdan himoya qiluvchi krem emas, balki teringizni har kuni boyituvchi va namlovchi to‘liq parvarishdir.
Og‘ir va zich quyosh kremlaridan farqli o‘laroq, bu vosita yuzda mutlaqo sezilmaydi. U bo‘yanish (makiyaj) uchun ajoyib baza bo‘lib xizmat qiladi — kosmetika uning ustidan tekis surtiladi va dumaloqlanib (skativatsya) qolmaydi.
Teringiz har kuni ehtiyotkorona himoya va yuqori sifatli parvarishga loyiq!

