Ko'p funksiyali quyosh panelli fonar va asboblar to'plami COB 7739-C
Ushbu universal qurilma o'zida kuchli yoritgich, qayta quvvatlanuvchi Powerbank va eng kerakli qo'l asboblari to'plamini jamlagan. Uyda, yo'lda, avtomobil ta'mirida yoki tabiat qo'ynida sizning eng ishonchli yordamchingizga aylanadi!
Asosiy afzalliklari:
- 4 xil yoritish rejimi: Uzoq masofani yorituvchi kuchli proyektor chiroq, keng maydonni yorituvchi COB LED panel, kitob o'qish uchun qulay chiroq va favqulodda vaziyatlar uchun qizil ogohlantiruvchi (SOS) chiroq.
- Ichki asboblar to'plami (Toolkit): Korpusi ichida uy va avtomobil uchun eng kerakli asboblar joylashgan: ombir (plaskagubs), kantselyariya pichog'i, 1 metrlik ruletka, olti qirrali kalitlar (shestrigranniklar) hamda turli xil uchliklar (bita va galovkalar) bilan jihozlangan otvyortka.
- Quyosh paneli va Powerbank: Qurilma USB orqali yoki o'ziga o'rnatilgan quyosh paneli yordamida quvvatlanadi. Telefoningiz quvvati tugab qolsa, undan Powerbank sifatida foydalanib qurilmalaringizni zaryadlashingiz mumkin.
- Kuchli batareya: 2 dona 18650 rusumli akkumulyatorlarda ishlaydi. Korpustagi maxsus indikator orqali quvvat darajasini (25%, 50%, 75%, 100%) osongina kuzatib borasiz.
- Namlikdan himoya: Yomg'ir va suv sachrashidan himoyalangan korpus (suv ostiga botirish mumkin emas).
Qayerlarda ishlatish mumkin? Avtomobil yukxonasida olib yurish, kamping va sayohatlar, tungi baliq ovi, elektr chiroqlari o'chganda uyni yoritish va santexnika/elektr ta'mirlash ishlari uchun ideal tanlov
