• ISBN: 978-9910-9544-0-5, Muallif: Luqmon Bo'rixon, Til: O'zbekcha, Yozuv: lotin, Betlar soni: 260, Nashriyot: Readbook, Muqovasi: Qattiq, Qog’oz formati: A5, Bichimi: 84х108 1/32, Chop etilgan yili: 2024
“Quyosh hali botmagan” qissasida adib yoshlarning turfa sarguzashtlari, hayot so‘qmoqlarida duch kelgan sinovlari, jasorat, mardlik va muhabbat mojarolaridan hikoya qiladi. Asar keng kitobxonlar hamda o‘smir-yoshlar ommasiga mo‘ljallangan.
Luqmon Bo`rixon turli mavzularda qalam tebratgan yozuvchilar sirasiga kiradi.
“Quyosh hali botmagan” qissasi pokiza his-tuyg`ular qurshovidagi yosh yigitlar hayotidan hikoya qilinib, voqealar o`zbek polvonlik san`ati bilan qorishtirib tasvirlanadi. O`ziga xos ifoda yo`sini, qahramonlar o`rtasidagi konflikt va kutilmagan yechim qissaning badiiy qimmatini yanada oshiradi.
Qissada roviy vazifasini Norsoat bajaradi. Voqealar rivoji Absal polvon obrazi ta`kidi bilan davom etadi. “Biz Absal polvonni hali tanimas edik” (qahramonlarning yoshlik davri), “Biz Absal polvondan uzoqlashgan edik” (o`rta maktab davri), Biz Absal polvonni unutgan edik” (ayni o`smirlik davri, shu vaqtda qissadagi konflikt namoyon bo`ladi), “Biz Absal polvonni mangu yo`qotib qo`ydik” (yechim). Ayni mana shu ta`kidlar ham asarning ifodaviyligini oshirgan.

