
Quvvati 10 Vt bo'lgan quyosh batareyali ko'cha svetodiodli projektori avtonom yoritishni tashkil qilish uchun mo'ljallangan simsiz moslamadir. Ushbu qurilma uylarning fasad qismi, devorlar, garajlar, shuningdek, shiyponlar (besedka) ichi yoki hovli hududlarini yoritishda ishlatiladi.
Bu quyosh panelini yorug'lik eng ko'p tushadigan joyga o'rnatish, fonarning o'zini esa soya joyga yoki bino ichkarisiga joylashtirish imkonini beradi.
Ichki 2400 mACh akkumulyator kun davomida energiya yig'adi va tanlangan rejimga qarab 16 soatgacha uzluksiz ishlashni ta'minlaydi.
Qurilma qorong'i tushganda yoki 120 daraja burchak ostida 5 metrgacha bo'lgan masofada harakat sezilganda o'zi yonadi.
3 xil ish rejimi o'rtasida almashish hamda chiroqni yoqish/o'chirish jamlanmadagi masofaviy pult orqali amalga oshiriladi. Korpusning ikki buriluvchi qismi 450 lm yorug'lik oqimining yo'nalishini moslashga yordam beradi.
IP65 darajasidagi namlik va changdan himoyalangan korpus harorat o'zgarishi hamda har qanday ob-havo sharoitlariga chidamli.
