DeepCool PL750D — bu zamonaviy ATX 3.0 va PCIe 5.0 standartlariga javob beradigan yuqori unumdorlikka ega 750 Vt-li quvvat manbai. Model 80 PLUS Bronze sertifikatiga ega bo'lib, yuklama ostida barqaror samaradorlikni kafolatlaydi. Asosiy xususiyati — yangi avlod kuchli videokartalarini o'tish moslamalarisiz (perexodnik) to'g'ridan-to'g'ri ulash imkonini beruvchi 12VHPWR ulagichining mavjudligidir. Bu kuchli o'yin tizimlari va ishchi stansiyalar uchun ishonchli yechimdir.
Texnik xususiyatlari:
- Quvvat: 750 Vt
- Samaradorlik standarti: 80 PLUS Bronze
- ATX versiyasi: ATX 3.0 (quvvat sakrashlariga chidamlilik)
- Gabaritlar (O'lchamlari): 150 × 140 × 86 mm
- Vazni: 1.67 kg
- Kabel turi: Tekis, qora
- Sovutish: Gidrodinamik podshipnikli (FDB) 120 mm ventilyator
- Himoya tizimlari: To'liq himoya paketi (OVP, SCP, OPP, OTP, OCP, UVP)
- Ulagichlar (Raz'yemlar):
- Asosiy quvvat (20+4 pin): 1 dona
- CPU (4+4 pin): 2 dona (Z790 uchun ayni muddao)
- 12VHPWR (16 pin / PCIe 5.0): 1 dona (RTX 4070/4080/4090 uchun)
- PCI-E (6+2 pin): 3 dona
- SATA: 6 dona
- Molex (4 pin): 3 dona