QUVURLARDAGI IFLOSLIKLARNI, SOCHLARNI, OZIQ-OVQAT CHO‘KINDILARINI, MOY, QOG‘OZ VA BOSHQA IFLOSLIKLARNI TEZ VA SAMARALI YO‘QOTADI. • Bakteriyalarni samarali o‘ldiradi va yoqimsiz hidlarni yo‘qotadi. • Metall va plastmassa quvurlar uchun xavfsiz. Qo‘llanilishi: Tiqinni tozalash uchun rakovina (vanna) dagi barcha suvni to‘kish teshigidan taxminan 5 sm pastroq sathgacha to‘king. Xonaning yaxshi shamollatilishini ta’minlang. To‘kish teshigiga yarim stakan (70-100 g) preparat ehtiyotlik bilan quyiladi, bunda flakon qo‘l cho‘zilgan masofada ushlab turiladi. 1 stakan qaynoq suvni oz-ozdan qo‘shing. 30 daqiqadan so‘ng ehtiyotkorlik bilan, sachramasdan, ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlang. Jiddiy tiqilib qolganda, harakatni takrorlang va vaqtni 60 daqiqagacha uzaytiring. Tozalagichdan muntazam foydalanish septiklar va quvurlarni mexanik tozalash muammolaridan xalos qiladi.

