• ISBN: 9789910931796
• Sahifalar soni: 160
• Muqova: Yumshoq
• Nashr qilingan yili: 2024
Iste'dodli yozuvchi Normurod Norqobilov qalamga olgan mavzular hayotiyligi, yorqin bo'yoqlari bilan ajralib turadi. Adib bu voqealarni ravon va shirali tarzda ifodalaydi. Uning hikoyalarida o'qir ekansiz beixtiyor tabiat bag'riga singiysiz, asar qahramonlari bilan hayot kechirasiz. Orli, g'ururli baland kishilar bilan izma-iz kelasiz. Adibning tasvirlari borliqni, tiriklikni to'laligicha qamrab olgandek. Shu bois, har bir hikoya o'quvchi ko'ngliga yorug'lik olib kiradi.

