Sut aralashmasi bolalarni hayotining birinchi kunlaridan boshlab aralash va sun’iy ovqatlantirishda, ayniqsa kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan bolalarda ichak mikrobiotasi holatini optimallashtirish uchun tavsiya etiladi.
Tarkibning afzalligi:
LGG® LAKTOBAKTERIYALARI - DUNYODAGI 1-SONLI PROBIOTIK
• respirator va ichak infeksiyalaridan himoya qiladi.
• ichakda o‘z bifidobakteriyalarining o‘sishini rag‘batlantiradi.
• BB-12TM bifidobakteriyalarining yashovchanligini oshiradi
BB-12TM BIFIDOBAKTERIYALARI ichakni egallaydi, shartli patogen mikroorganizmlar kolonizatsiyasiga to‘sqinlik qilib, mikroflora muvozanatini ta’minlaydi.
GOS PREBIOTIK-OLIGOSAXARIDLARI ichakning foydali mikroflorasi o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Palma va raps moylarisiz tabiiy sut yog‘i bilan maxsus yog‘li tarkib
To‘laqonli rivojlanish uchun muhim tarkibiy qismlar:
Omega-3 (DHA) / Omega-6 (ARA) YOG‘ KISLOTALARI - miyani rivojlantirish va ko‘rish o‘tkirligini saqlash.
NUKLEOTIDLAR - immun sistemasining shakllanishi va me’da-ichak yo‘lining yetilishi.
LYUTEIN - chaqaloqning ko‘z to‘r pardasini himoya qilish.

