Yuksak fazilatlarga erishish, ilohiy ne’matlardan bahramand bo‘lish har bir mo‘min musulmonning orzusidir. Shu bois mazkur kitobda arab tilini bilmagan va o‘rganishda qiynalayotgan ko‘plab yurtdoshlarimiz, ayniqsa, keksa otaxon va onaxonlarimiz iltimosiga binoan Qur’oni Karimdan ba’zi suralar kirill alifbosida berilgan. imkon qadar tajvid qoidalariga muvofiq. Shuningdek, ba’zi suralarning ma’nolari va fazilatlari tushuntirildi.

